SamDCHTI va Janubiy Koreya Respublikasining Sunchunyan universiteti o’rtasida tashkil qilingan qo’shma ta’lim dasturlari doirasida hozirda SamDCHTIda tahsil olayotgan ikkinchi bosqich talabalarini 3 bosqichga saralab olish maqsadida talabalar bilan suhbat uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda talabalarni xorijda tahsil olishdan maqsadi, o’qishni tamomlagandan keyingi faoliyatlari va xorijda tahsil olish davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammo va kamchiliklar borasida suhbat qilindi.
Suhbatni Sunchunyan universitetining xalqaro ta’lim va almashinuv maktabi direktori Byung-Wook Yoo, xalqaro ta’lim va almashinuv dasturlari markazi menejeri Jaesam Lim va xalqaro ta’lim markazi xodimi Seujung Lee hamda SamDCHTI qo’shma ta’lim dasturlari fakulteti dekani o’rinbosari X.Muzropov, shuningdek, qo’shma ta’lim dasturlari kafedrasi o’qituvchisi D.Amonovalar olib borishdi.
Shundan so’ng, hamkor universitet xodimlari va instituti rahbariyati vakillari o’rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutidao’quv jarayonlariga Sunchunyan universitetidan koreys tili bo’yicha mutaxassislarni jalb etish kabi masalalar muhokama qilindi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
