Mehmet Akif Ersoy Universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Turkiya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi instituti vakillari joriy yilning may oyida Turkiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish borasida Turkiyaga xizmat safari uyushtirilganligi to’g’risida xabar bergan edik.

Xizmat safari davomida Mehmet Akif Ersoy Universiteti rektori, professor Adem Korkmaz hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor Ilhomjon To'xtasinovlar o'rtasida kelgusida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish borasida hamkorlik Memorandumi imzolangan edi.

Mazkur hamkorlik Memorandumining natijasi o’laroq bugun, 11-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Mehmet Akif Ersoy Universiteti (MAKU) hamda Mehmet Akif Ersoy nomidagi Jamg'arma rahbariyati vakillari tashrif buyurishdi. Jumladan, tomonlar o’rtasida uchrashuv tashkil etildi hamda kelgusida hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi. Shuningdek, Mehmet Akif Ersoy Universiteti tomonidan turk tili va adabiyotiga oid darslik va adabiyotlar Samarqand davlat chet tillar institutiga taqdim etildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-11 21:18:54 334