Professor-o’qituvchilar hamda ishchi xodimlar o’rtasida an’anaviy spartakiada musobaqalari davom etmoqda

Professor-o’qituvchilar hamda ishchi xodimlar o’rtasida har yili an’anaviy spartakiada sport musobaqasi o’tkazilib kelinadi. Joriy yilda XXVII spartakiada sport musobaqalariga strat berilganligi haqida xabaringiz bor.

Spartakiada doirasida Samarqand davlat chet tillar institutida sportning “Gandbol” turlari bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi. Natijalarga ko’ra, faxrli 1-o’rinni Sharq tillari fakulteti jamoasi, 2-o’rinni Ingliz tili I fakulteti jamoasi, 3-o’rinni Ingliz tili II fakulteti jamoasi qo’lga kiritdi.

Eslatib o’tamiz, joriy yilning 15-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida sportning “Futbol” turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tadi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-13 10:28:28 2181