Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri barcha oliygohlar mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugun, 22-iyun kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Unda qator masalalar muhokama qilindi.

2022/2023 o‘quv yili qabul jarayoni faoliyatini muvofiqlashtirish, ijodiy imtihonlarni shaffof o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalaridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlarining faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, qabul jarayonlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar kun tartibidan o‘rin oldi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining xalqaro maydonda o‘rnini ko‘tarish va xorijlik talabalarni yurtimizdagi oliygohlarga jalb etish, talabalarning yozgi ta’til davomida vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bu borada turli xil sport musobaqalari, tanlovlar, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish kabilar topshiriq sifatida berildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-22 16:46:44 321