Jomboy tumanida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining sayyor qabuli bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo'yicha maslahatchi bo'linmalari tomonidan ommaviy qabullar tashkil etish va o'tkazish yuzasidan joriy yilning 23-iyun kuni Jomboy tumanida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining sayyor qabuli bo'lib o'tdi. 

Unda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor Ilhomjon To'xtasinov ham qatnashib, oliy ta'lim, professional ta'lim, 2022/2023 o'quv yili qabul parametrlari borasida fuqarolarni qiynayotgan  muammolarga yechim topishda faol ishtirok etdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-24 11:58:30 136