Viloyat hokimi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuv o’tkazdi

Samarqandda davom etayotgan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik! shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari professional ta’lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Jarayonda bugungi kunda hukumatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor hamda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan mavzulardan biri, ya’ni oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi hamda ularga yaratilayotgan yangi ish o’rinlari to’g’risidagi so’z bordi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-24 13:40:48 179