Xabaringiz bor, Samarqandda "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik! shiori ostidagi yoshlar festivali davom etmoqda. Mazkur festival doirasida viloyatimizda turli xil sport musobaqalari, tanlovlar, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va konsert dasturlari bo’lib o’tmoqda.
Shu munosabat bilan, Samarqand davlat chet tillar instituti tashabbusi bilan Samarqand shahrida joylashgan Mirzo Ulug’bek haykali poyiga gul qo’yish marosimi o’tkazildi. Marosim davomida institut talabalari tomonidan tayyorlangan milliy qo’shiqlar, she’rlar va sahna chiqishlari namoyish etildi.
Shundan so’ng, tadbir qatnashchilari birgaligida Mirzo Ulug’bek rasadxonasi va u yerdagi qadimiy qo’lyozmalar ko’zdan kechirilib, muzeydagi qodimiy topilmalar bilan yaqindan tanishildi.









SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
