Samarqand davlat chet tillar instituti 2002-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan Xalqaro reytinglar bo‘yicha ekspertlar guruhi (IREG) Konferensiyalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.
Xalqaro reytinglar bo‘yicha ekspertlar guruhi (IREG) – akademik reytinglarini joriy etuvchi xalqaro va mahalliy tashkilotlarni hamda dunyodagi nufuzli universitetlarni birlashtiruvchi uyushma hisoblanadi.
Ayni kunlarda Polshaning Varshava shahrida “IREG 2022 – Akademik reytinglar” XX Konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vaziri o‘rinbosari K.Karimov rahbarligidagi davlat oliy ta’lim muassasalari rektor va prorektorlaridan iborat delegatsiya ham ishtirok etmoqda.
Mazkur delegatsiya a‘zosi sifatida Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, dotsent F.Ro‘ziqulov ham konferensiyada ishtirok etish bilan birga, Polshaning nufuzli universitetlari bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida muzokaralar olib bormoqda.
Konferensiyada AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Kanada, Germaniya va Ispaniyaning nufuzli universitet va tashkilotlarining vakillari hamda ta’limda reytinglash tizimi bo‘yicha yetakchi ekspertlari qatnashishmoqda.
Konferensiya doirasida akademik reytinglar, ta’lim sohasidagi yangi tendensiyalar va yutuqlar, global, hududiy va milliy reytinglar o‘rtasidagi sog‘lom muvozanatni ta’minlash masalalari yuzasidan muhokamalar olib borildi.

SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
