"Viloyat hokimi olimpiadasi"da g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar 18 000 000 so‘m pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirildi

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostidagi viloyat yoshlar festivali doirasida oliy ta’lim muassasalarida umumta’lim muassasalarining 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 14 ta fandan "Viloyat hokimi olimpiadasi" o‘tkazildi.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida o‘quvchilar xorijiy tillar, xususan, nemis va fransuz tillari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Fan olimpiadasida shahar va tumanlarda yuqori natijalarga erishgan va g‘olibliklarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan fan olimpiadasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchi 2 000 000 so‘m, 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchi 1 500 000 so‘m, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchi 1 000 000 so‘m, jami 18 000 000 so‘m pul mablag‘lari, kitoblar jamlanmasi hamda sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-24 23:02:49 268