Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Italiya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shu munosabatda Italiyaning Siena xorijliklar universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasidagi hamkorlik shartnomasi doirasida Siena xorijliklar universiteti dotsenti Gallo Andrea Samarqand davlat chet tillar institutiga italyan tili o’qituvchisi sifatida joriy yilning 6-may kuni taklif etildi. Gallo Andrea institutda ikki oy davomida faoliyat olib borib, hozirda o'z faoliyatini samarali yakunladi.
Bugun, 27-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda Siena xorijliklar universiteti dotsenti Gallo Andrealar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi va Ilhomjon To’xtasinov institut jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi.







SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
