Avstraliyalik yapon tili o'qituvchisi Chiharu Tsurutani xonim institutda faoliyatini yakunladi

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Avstraliya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Shu munosabatda joriy yilning 22-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar instituti yapon tili ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarga dars berish maqsadida avstraliyalik yapon tili o'qituvchisi Chiharu Tsurutani xonim institutga taklif etilgan edi. Bugungi kunda Chiharu Tsurutani xonim o’z faoliyatini samarali yakunladi.

Bugun, 29-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda Chiharu Tsurutani xonimlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi va Ilhomjon To’xtasinov institut jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-29 20:05:10 215