Xitoylik o’qituvchilar tomonidan tashkil etilgan maxsus o’quv kursi nihoyasiga yetdi

2022-yilning sentabr oyida Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan Shanxay Hamkorlik tashkiloti Sammiti doirasida tarjimon sifatida jalb etiladigan bir guruh talabalar uchun Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy Institutida xitoylik o’qituvchilar tomonidan 2 oy davomida maxsus o’quv kursi tashkil etildi.

Mazkur o’quv kursida Samarqand davlat chet tillar institutining 16 nafar talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi va samarali yakunlashdi. Bugun, 29-iyun kuni ushbu talabalarga sertifikatlarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-29 20:37:06 238