Ispaniyalik ispan tili mutaxassisi Jesus Gregorio Kuevas Medina institutda faoliyatini samarali yakunladi

Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar institutining ‘‘Ispan va italyan tillari‘‘ kafedrasi qoshida “Ispan  tili va madaniyati” markazi tashkil etilgan va hozirda ushbu markaz faoliyati muntazam davom etmoqda.

Shuningdek, Kastiliyaning La-Mancha universitetidan ispan tili mutaxassisi Jesus Gregorio Kuevas Medina markaz faoliyatini rivojlantirish hamda talabalarning ispan tili borasida malakasini oshirish maqsadida o‘quv jarayoniga jalb etilgan edi. Bugungi kunda Jesus Gregorio Kuevas Medina Samarqand davlat chet tillar institutidagi faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi

Bugun, 5-iyul kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda Jesus Gregorio Kuevas Medinalar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi va Ilhomjon To’xtasinov institut jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-07-05 21:29:27 438