Ispaniya universitetlari bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlari tashkil etiladi

2022-yilning 13-iyul kuni SamDCHTI rektori Ilhomjon To‘xtasinov boshchiligidagi delegatsiya Ispaniyaning Kadis universitetiga tashrif buyurdi va ushbu universitet rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda asosiy ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida turizm hamda filologiya yo'nalishlari bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, tashrif davomida Kadis universitetining moddiy texnik imkoniyatlari bilan tanishildi. Jumladan, universitetdagi zamonaviy Lingvaakustik va Semianexos laboratoriyalar faoliyati o'rganildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-07-14 17:12:44 702