Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Ispaniya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinov boshchiligidagi delegatsiya hozirda Ispaniyada. Ispaniyaga tashrifdan maqsad u yerdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, tomonlar hamkorligida qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yishdir.
Bugun, 14-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinov boshchiligidagi delegatsiya Ispaniyaning Kastilla-La Mancha universiteti (UCLM)da bo’ldi. Jumladan, ikkala oliygohlar hamkorligida amalga oshirilayotgan rejalar va loyihalar muhokama qilindi. Hozirda Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan "Ispan tili va madaniyati markazi" ispan tilini bilish darajasini beruvchi xalqaro sertifikat (SIELE) testlarini tashkil etayotgan O'zbekistondagi yagona markaz hisoblanadi. Tashrif davomida ushbu markaz faoliyatini takomillashtirish, yangi loyihalarni joriy qilish borasida muzokaralar olib borildi.
Ma’lumot uchun, hozirda Samarqand davlat chet tillar institutining 5 nafar ispan tili o’qituvchilari Ispaniyaning Kastilla-La Mancha universiteti (UCLM)da malaka oshirishmoqda.








SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
