Turkiyaning Hajettepe universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan seminar-treninglar tashkil etilmoqda

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Turkiya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Jumladan, Turkiyaning Hajettepe universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan Samarqand davlat chet tillar institutida seminar-treninglar tashkil etilishi to’g’risida xabar bergan edik.

Shu munosabatda, hozirda Ingliz tili-II fakultetida Yevropa Ittifoqining "Erasmus+ ICM" dasturi asosida Hajettepe universiteti (University of Hacettepe) bilan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida 2 nafar professor-o’qituvchilar, ya’ni Hilal Onat va Banu Usubütünlar tomonidan “Leadership in ELT”, “21st Century survival Skills”, “Testing: The Unavoidable” hamda “Improvement of Teaching English” mavzularida  seminar-treninglar tashkil etilib borilmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-07-21 20:47:04 206