Turkiyalik mutaxassislar tomonidan seminar-trening o’tkazildi

Turkiyaning Hajettepe universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan Samarqand davlat chet tillar institutida seminar-treninglar tashkil etilishi to’g’risida xabar bergan edik.

Shu munosabatda, hozirda Ingliz tili-II fakultetida Yevropa Ittifoqining "Erasmus+ ICM" dasturi asosida Hajettepe universiteti (University of Hacettepe) bilan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida universitetning 2 nafar professor-o’qituvchilar, ya’ni Hilal Onat va Banu Usubütünlar tomonidan “Leadership in ELT”, “21st Century survival Skills”, “Testing: The Unavoidable” hamda “Improvement of Teaching English” mavzularida  seminar-treninglar tashkil etilib borilmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-07-22 16:39:04 240