Xabaringiz bor, hozirgi vaqtda respublikamizning 46 ta oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazilish jarayonlariga start berildi. Shu bilan bir qatorda mazkur jarayon Samarqand davlat chet tillar institutida ham davom etmoqda.


Bugun, 2022/2023 o‘quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutiga hujjat topshirgan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlaridan kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Kirish imtihonlari davomida abituriyentlar uchun har bitta fan bo‘yicha 40 daqiqadan vaqt ajratildi, shuningdek, jarayonni ota-onalar hamda xohlovchilar onlayn tarzda ular uchun tayyorlab qo‘yilgan hududda to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatish imkoniyati ham yaratildi.



Joriy yilning 2-avgust kuni abituriyentlar majburiy fanlar, ya’ni ona tili va adabiyot, matematika, tarix fanlaridan test topshirishadi. Test jarayonlarini mazkur havola orqali onlayn kuzatishingiz mumkin. Shuni ham alohida ta’kidlash lozim, ijodiy (kasbiy) imtihonlarni shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida 2 ta xonada to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish imkoniyatiga ega FullHD 4 ta uzluksiz ishlaydigan kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Jumladan, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari jarayonni muntazam nazorat qilishmoqda.


SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
