Xabaringiz bor, hozirgi vaqtda respublikamizning 46 ta oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish jarayonlariga start berildi. Shu bilan bir qatorda mazkur jarayon Samarqand davlat chet tillar institutida ham davom etmoqda.


Eslatib o‘tamiz, 3-avgust kuni 2022/2023 oʻquv yilida Samarqand davlat chet tillar institutining 603201000: Jurnalistika: xalqaro jurnalistika ta’lim yoʻnalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi.


Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning yuqori saviyada tashkil etilishi, ota-onalarning jarayonni toʻg’ridan toʻg’ri onlayn kuzatishlari uchun joylarning tayyorgarlik holati, shuningdek, imtihonning shaffof oʻtkazilishi va kuzatuv kemaralarining muntazam ishlashi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi xodimlari va institut mutasaddilari tomonidan oʻrganilmoqda.



SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
