Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-2023 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti

Shifr

Vazirlik, idoralar, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishi nomi

To‘lov-kontrakt asosida

Jami

Shu jumladan

o‘zbek

rus

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

75

75

 

60111800

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

25

25

 

60230100

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

25

25

 

60230100

Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili

25

25

 

 

Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-2023 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga kechki ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti

Shifr

Vazirlik, idoralar, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishi nomi

To‘lov-kontrakt asosida

Jami

Shu jumladan

o‘zbek

rus

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

50

50

 

60111800

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

25

25

 

60230100

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

25

25

 

 

 

Samarqand davlat chet tillar institutiga 2022-2023 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi


1. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron https://ikkinchitalim.edu.uz/ tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

2. Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda maxsus elektron tizimga o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini kiritadi va quyidagi hujjatlarni yuklaydi:

- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma - O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun);

- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ilova nusxasi;

Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

3. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish sinovlari test tarzida (kompyuterda) joriy yilning 15-avgust kunidan 25-avgust kuniga qadar Samarqand davlat chet tillar institutida o‘tkaziladi. Kirish sinovlarining joyi, soati, kuni kabi qo‘shimcha ma’lumotlar institut veb-saytida e’lon qilinadi.

4. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish natijalari joriy yilning 30-avgustiga qadar institutning www.samdchti.uz veb-saytida e’lon qilinadi.

5. Imtihon (yoki test) natijalariga ko‘ra o‘qishga qabul qilingan talabalar oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasini (yoki diplomdan ko‘chirma (asl nusxasi) — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun) hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ilovasini institutga taqdim etadi.

6. Ikkinchi va undan keyingi ta’limda o‘qish uchun talabalikka tavsiya etilgan shaxslar bilan institut o‘rtasida shartnoma rasmiylashtiriladi.

7. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qish o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’iy nazar, 2-kursdan boshlanadi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga qabul qilingan talabalar oldingi institutda o‘quv rejasidagi ta’lim olgan fanlari bo‘yicha fanlar farqi (akademik qarzdorlik) o‘quv yili davomida kredit-modul tizimida to‘lov asosida o‘zlashtiriladi.

ASOS: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 606-son Qarori https://lex.uz/uz/docs/5657199, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-sonli qarori.

Share:
2022-08-10 12:37:57 712