Yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yiliga hozirdan ko‘rilayotgan tayyorgarliklar ta’lim muassasalarning butun o‘quv yili davomidagi sifat ko‘satgichi va ta’lim samaradorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz. Bu esa viloyatimizdagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonini yanada jadallashtirishni taqozo etayotir.
Bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida ham tizimli ishlar qilinmoqda. Jumladan, bugun, 13-avgust kuni institut rahbariyati, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig’lish bo‘lib o‘tdi. Unda 2022/2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, barcha o‘quv binolari, talabalar turar joylarini hamda kutubxonalarni tayyorlash bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
– Korrupsiya illati davlatchilik shakllarining har qanday ko‘rinishida insoniyatning ma’naviy va moddiy taraqqiyotiga juda katta to‘siq bo‘lib kelmoqda, ushbu illat oliy ta’lim tizimida ham uchrab turibdi. Institut xodimlari o‘z vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, korrupsion hatti-harakatlarga toqatsiz bo‘lishi, davlat xizmatchisi degan sharafli nomga munosib bo‘lishi zarur, deya ta’kidladi institut rektori Ilhomjon To‘xtasinov jarayon so‘ngida.










SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
