Joriy yilning 11-17 avgust kunlari 2017-yil 3-yanvardagi №419-sonli O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618 sonli va 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2022-yil 12-yanvardagi Prezident Qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida Komplayens nazorat tizimini joriy etish va korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2021-yil avgustdagi 373-son va 2021-yil 22-oktabrdagi Buyruqlari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining maqsad va vazifalari, institutda korrupsion holatlarning oldini olish borasida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni fakultetlar tomonidan belgilangan muddatlarda ijro etilishi, Samarqand viloyatida joriy yilning avgust oyida o‘tkaziladigan bakalavriat yo‘nalishga kirish imtihonlari jarayonida institut xodimlari tomonidan korrupsiyaviy hatti-harakatlarning oldini olish yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Sodiqov va bosh mutaxassis F.Abdurahmonovlar tomonidan institutning “Buxgalteriya”, “Reja-moliya”, “Xodimlar bo‘limi”, “Talabalar bo‘limi”, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring”, “Devonxona”, “Xalqaro hamkorlik” va “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limlari rahbarlari va xodimlari (36 nafar) bilan profilaktik ogohlantiruv suhbatlar o‘tkazildi.
Yig‘ilishda korrupsiya illati davlatchilik shakllarining har qanday ko‘rinishida insoniyatning ma’naviy va moddiy taraqqiyotiga juda katta to‘siq bo‘lib kelayotganligi, ushbu illat oliy ta’lim tizimida ham tez-tez uchrayotganligi ta’kidlandi. Shu bilan bir qatorda, 2022-yil 8-avgustdagi №788-sonli “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni to‘g‘risida batafsil tushuntirib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining “Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” XV bobida keltirilgan korrupsiyaga oid 168-, 205-, 214-moddalari va ularga qo‘llanadigan sanksiyalar tanishtirilib, yana bir bor xodimlar ogohlikka chaqirildi.
Bo‘limlarda faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan institutning ichki-tartib qoidalari, odob-axloq kodeksi, lavozim yo‘riqnomalariga qat’iy rioya qilinishi, o‘z ishiga halol bo‘lishi, korrupsion va ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari, davlat xizmatchisi degan sharafli nomga munosib bo‘lishlari zarurligiga alohida urg‘u berildi.
Yig‘ilish oxirida yuqoridagi ko‘rsatilgan bo‘limlar xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini yuzaga keltirmaslik, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida rahbariyat bilan kelishilgan holda ulardan tilxatlar olindi.






SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
