Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirgan abituriyentlar uchun imtihon jarayonlari o’tkazilmoqda

Xabaringiz bor, hozirgi vaqtda respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirgan abituriyentlar uchun imtihon jarayonlarini o’tkazish jarayonlari davom etmoqda. Shu bilan bir qatorda ayni damda mazkur jarayon Samarqand davlat chet tillar institutida ham davom etmoqda.

Jarayonni ota-onalar hamda xohlovchilar onlayn tarzda ular uchun tayyorlab qo‘yilgan hududda to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatish imkoniyati ham yaratilgan bo’lib, test jarayonlarini mazkur havola orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Shuni ham alohida ta’kidlash lozim, imtihonlarni shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatish imkoniyatiga ega FullHD uzluksiz ishlaydigan kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Jumladan, korrupsion qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari jarayonni muntazam nazorat qilishmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2022-08-20 14:01:39 526