Institut rahbariyati: Xodimlar hamda professor-o’qituvchilarga joriy yilning 27-avgust kunidan rasman yangi o’quv yili uchun ish jarayonlari boshlanadi

Bugun, 22-avgust kuni Samarqand davlat chet tillar institutida rahbariyat vakillari, bo’limlar boshliqlari, fakultetlar dekanlari hamda kafedralar mudirlari ishtirokida kengaytiriligan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Samarqanddagi oliygohlar bo’yicha mas’ul xodimlari ham ishtirok etishdi.

Jarayon davomida 2022/2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, barcha o‘quv binolari, talabalar turar joylarini hamda kutubxonalarni tayyorlash bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi. Yangi o’quv yiliga malakali mutaxassislarni jalb etish, xodimlar hamda professor-o’qituvchilarga joriy yilning 27-avgust kunidan rasman yangi o’quv yili uchun ish jarayonlarining boshlanishi kabi masalalar ham kun tartibidan o’rin oldi.

Shuningdek, institutda faoliyat olib borayotgan tyutorlarga oliygoh atrofidagi turar joylarni o’rganib chiqish va ularning manzillarini turar joyga muhtoj talabalarga yetkazish, jumladan, talabalar turar joyiga ehtiyoji bor talabalar uchun arizalarni onlayn qabul qilish tizimini yo’lga qo’yish kabi topshiriqlarga ham mas’ullar biriktirildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-08-22 19:50:26 394