Bugun, 2022-yilning 26-avgust kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 1-sonli yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarning institutda amalga oshirilishi;
– 2022/2023 o‘quv yili uchun o‘quv jarayonini tashkil etish borasidagi ishlar;
– 2022/2023 o‘quv yili uchun o‘quv jarayoni grafigiga o‘zgartirish kiritish;
– Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni nashrga tavsiya etish;
– 2022-2023 o‘quv yili uchun institutning umumiy ish rejasi, institut kengashi ish rejasi hamda bo‘limlarning rejalarini tasdiqlash;
Shuningdek, ilmiy daraja hamda ilmiy unvonga erishgan professor-o’qituvchilar kompyuter hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.








SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
