O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi “2022-yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” F-5636-sonli farmoyishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida maxsus kurslar tashkil etish bo‘yicha Samarqand davlat chet tillar institutning 2021-yil 5-martdagi 146-sonli buyrug‘i chiqarildi.
Unga muvofiq 2022-yilning sentabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti doirasida tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar hamda xorijlik kuzatuvchilarga tarjimon sifatida hamrohlik qilish uchun tarjimonlik bo‘yicha ma’lum tajribaga ega, avval shunday tadbirlarda ishtirok etgan o‘qituvchilar hamda talabalar orasidan jami 400 nafar ko‘ngilli tarjimonlar ro‘yxati shakllantirildi.
Joriy yilning 2-avgust kuni Samarqand davlat chet tillar institutida sammit doirasida tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar hamda xorijlik kuzatuvchilarga tarjimon sifatida hamrohlik qiluvchi professor-o‘qituvchilarning tayyorgarlik muhokamasi bo‘lib o‘tgan edi.
Shuningdek, joriy yilning 8-, 10-, 12-avgust kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida ko‘ngilli tarjimonlar uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etildi. Bugun, 26-avgust kuni ushbu o‘quv kurslari yakunlanganligi munosabati bilan barcha ko‘ngilli tarjimonlar sertifikat bilan taqdirlanishdi.










SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
