Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.
Bunda:
👉 ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (300 ming so‘m), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (150 ming so‘mdan) oshmasligi lozim;
👉 ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;
👉 OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
Telegram | @samdchtijamoasi
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
