Turkiyaning Mehmet Akif Ersoy Universitetida Erasmus+ haftaligi davom etmoqda

Mehmet Akif Ersoy Universitetida Erasmus+ xalqaro xodimlari haftaligi doirasida xorijiy hamkor OTMlar ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmada SamDCHTI vakillari Moliya va iqtisodiy ishlar bo’yicha prorektor Kuziyev Zafar Boltayevich hamda Xalqaro reytinglar bo’yicha ishlash bo’limi boshlig’i Nasrullayev Javohirxon Ravshanxonovich qatnashmoqda.

Mazkur tadbirda 10 dan ortiq OTM vakillari, professor-o’qituvchilar, OTMlar rahbariyati hamda 200 dan ortiq talabalar ishtirok etib, SamDCHTI faoliyatiga, hamkorlik yo’nalishlari va kelajakda talabalar va xodimlar almashinuvi, jumladan, ilmiy faoliyat doirasida hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-09-08 18:37:58 287