O’qituvchilar ochiq darslari orqali o’zlarining mahoratlarini namoyon etmoqda

Ta’lim – jamiyat kelajagi. Mamlakatning iqtisodi kelajak bilan bog‘liq. Ta’lim siyosati doimo iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Hech bir mamlakat malakali kadrlar bazasini rivojlantirmay turib va mehnat bozorida yuqori malakali kadrlar uchun yaxshiroq sharoit yaratmay turib, iqtisodiy muvaffaqiyatga erisholmaydi.

Shuningdek, o‘qituvchi – odamlarga nur, ziyo, go‘zallik baxshida etuvchi inson. U o‘zining ana shu xislati bilan boshqalar uchun ibrat namunasidir. Shu bois, el-yurtga ma’rifat ulashib, ma’naviyat chashmasidan bahramand etgan o‘qituvchi doimo odamlar izzat-ikromiga sazovor bo‘lib kelgan.

Shu munosabatda, 2022-2023 o’quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutining qo’shma ta’lim dasturlari fakultetida o’qituvchi bo’lib faoliyat ko’rsatmoqchi bo’lgan nomzodlarni saralash jarayonlari davom etmoqda. Jumladan, ularning dars o’tish tajribalari ham kuzatuvdan o’tkazilmoqda. O’qituvchilar ochiq darslari orqali o’zlarining mahoratlarini namoyon etmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-09-09 18:44:13 243