Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida tyutor lavozimlari joriy etilgan edi.
Shu munosabatda 2021/2022 o’quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida tyutorlar samarali faoliyat olib borishdi. Ularning asosiy vazifasi 1-, 2-, 3-kurs talabalarining muammolarini bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatadi. Tyutorlarning oylik maoshi “O‘qituvchi-stajor” bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirilgan. Tyutorlar talabalarning ma’naviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boradi.
Bugun, 9-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga tyutorlik lavozimiga ishga qabul qilingan nomzodlar bilan institut rektori Ilhomjon To’xtasinov suhbat o’tkzadi. Jarayon davomida ularga vazifalari batafsil tushuntirildi. Institut ichki tartib-qoidalariga muntazam rioya qilish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etmaslik kabilar ham shular jumlasidandir.






SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
