Institut jamoasi Qashqadaryo vohasida sayohat qilish uchun jo’nab ketishdi

Xabaringiz bor, hozirda viloyatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarining talaba-yoshlari hamda professor-o'qituvchilari yurtimizning ko'hna shaharlariga sayohatlari tashkil etilmoqda. Shu munosabatda bugun, 2022-yil 14-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutining 300 nafar talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilaridan iborat jamoasi  yurtimizning yana bir qadimiy ko‘hna shahri, ya’ni Qashqadaryo vohasi tomon yo‘l olishdi.

"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" aksiyasi doirasida tashkil etilgan mazkur tashrif 3 kun davom etadi.

Bizni kuzatishda davom eting, xabarlarni berib boramiz!

 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-09-14 17:28:02 239