Talabalik baxtiga muyassar bo’lganlar taqdirlandi

Yangi o’quv yilida o’quv jarayonlari boshlanganligi munosabati bilan bugun, 26-sentabr kuni institutning Ingliz tili II fakultetida ham ko’tarinki ruhda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda institut jamoasi, birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbirda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov talabalik baxtiga muyassar bo’lganlarni muborakbod etdi. Shuningdek, o’qishga eng yuqori ball bilan kirib, talabalik quvonchini his etishni boshlagan birinchi bosqich talabalarini esdalik sovg’alari bilan taqdirladi hamda kelgusidagi faoliyatiga omad yor bo’lishini aytib o’tdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-09-26 19:20:29 282