Hammamizga ma’lum, 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” har yili yurtimizda keng miqiyosda tantanali ravishda nishonlanib kelinadi. Bugun, 30-sentabr kuni mazkur qutlug‘ ayyom Samarqand davlat chet tillar institutida ham yuqori kayfiyatda o’tkazilmoqda.
Avvalo, ushbu bayram sabab qadrdon maktabimiz, bizga harfni tanitgan, ezgulikdan saboq bergan mehribon muallimlarimiz siymosi ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Biz uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan ustozlarga, aziz va mo‘tabar zotlar sha’niga eng go‘zal so‘zlar, ezgu tilaklar izhor etiladi.
Tadbir davomida institut rektori Ilhomjon To’xtasinov so’zga chiqib, “Sizlarning barchangizga hech qachon uzib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi bilan ta‘zim qilamiz. Haqiqatan ham, har bir murg‘ak bolani o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma’noda fidoiy kasb egalaridir” – deya o’z tabrigini bildirib o’tdi.







SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
