350 o’ringa moslashtirilgan talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

Xabaringiz bor, hozirda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni turar joy bilan ta’minlash borasida respublikamizda salmoqli ishlar qilinmoqda. Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida bugungi kunda 2 ta talabalar uchun turar joy binolari bunyod etilmoqda.

Bugun, 30-sentabr kuni institutning 2-sonli talabalar turar joyi mukammal qayta ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.  8 milliard 301 million so’m mablag‘ evaziga mukammal qayta ta’mirdan chiqarilib, 350 o’ringa moslashtirilgan mazkur talabalar turar joyi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining yoshlarni qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ishtirokida tantanali ochilib, talabalarga foydalanishga topshirilidi.

Jarayon so'ngida vazir o'rinbosari talabalar turar joyida yaratilgan imkoniyatlarni kuzatish bilan bir qatorda yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan va davlat xususiy sherikchilik asosida qurilgan yana bir talabalar turar joyida olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-09-30 20:21:31 393