Talabalar ishtirokida ochiq muloqot o’tkazildi

Samarqand davlat chet tillar institutining Payariq Xorijiy tillar fakultetida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan muntazam ravishda talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar, qabul qilingan qonunlar, shuningdek, aholi turmush tarzini yaxshilash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar mazmun mohiyatini yetkazish uchun davra suhbatlari va ochiq muloqatlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Jarayon davomida mahallada aholi va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, aholining milliy tarkibi, o‘rnatilgan ijtimoiy normalar va qo’llaniladigan sanksiyalarning mazmun mohiyati, mahallada qayd etilgan jinoyatlar va sodir etilish ehtimoli bo‘lgan qonunbuzarliklar tasnifi  bayon qilindi.

“Ogahlik davr talabidir, hammamiz doimo ogoh holatda yurishimiz kerak. Jumladan, institut ichki tartib qoidalari va mahalliy qadriyatlar asosida shakllangan qoidalarga qat’iy amal qilish lozim. Suidsial holatlarga yo’l qo’ymaslik hamda ularning oldini olishga barchamiz mas’ulmiz” – deya ta’kidladi instutut psixologi J.Saydullayev muloqot davomida.

 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-10-06 15:33:08 254