Tashkil etilishi rejalashtirilayotgan MA TESOL dasturini yo’lga qo’yish muhokama qilindi

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Vebster universiteti ham shular jumlasidandir.

Shu munosabat bilan, bugun, 6-oktabr kuni Toshkentdagi Vebster universiteti rektori Vassilis Polimenis ishtirokidagi delegatsiya a’zolari Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi rahbariyat vakillari tomonidan kutib olindi hamda tomonlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar, hamkorlik aloqalari doirasini tizimli kengaytirish hamda Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan MA TESOL dasturining 2022/2023 o‘quv yilida qabul jarayonlarini tashkil etish, shuningdek, o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko’rish kabilar muhokama qilinadi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-10-06 16:32:01 271