Oliy attestatsiya komissiyasi raisi ilmiy tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot o'tkazdi

Joriy yilning 12-oktabr kuni Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Yusupov Axmadbek Tadjiyevich Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida institutda tahsil oluvchi tadqiqotchilar va institut huzuridagi PhD.03/30.12.2019Fil/Ped.83.01 raqamli  ilmiy darajalar beruvchi kengash raisi va kotibi, institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor va ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʼlimi xodimlari bilan ochiq muloqat o‘tkazildi. Muloqat davomida tadqiqotchilarni qiynayotgan muammolar tinglandi va mavjud muammolar aksariyati joyida hal etildi. Shuningdek, muloqot davomida berilgan takliflar ham inobatga olinishi aytib o‘tildi.

 

Share:
2022-10-13 11:11:51 247