
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-6097-sonli Farmonining 7-bandida oliy ta'limdan keyingi ta'limning bir pog'onali tizimi joriy qilingan xorijiy davlatlarning ro'yxati har yili Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qo'shma qarori bilan tasdiqlanadigan xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta o'rindan birini egallagan oliy ta'lim tashkilotlarida olingan falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasi to'g'risidagi hujjatlari O'zbekiston Respublikasida fan doktori (DSc) sifatida to'g'ridan to'g'ri tan olinishi va nostrifikatsiya qilinishi mumkinligi qayd etilgan.
Samarqand davlat chet tillar instituti "Nemis tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti v.b. Xadjiyeva Shoira Ganibayevna 2017-yil 10-iyulda 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo'yicha filologiya fanlari bo'yicha “Nominalisierungstendenzen im Deutschen. Untersuchungen zur deutschen Schriftsprache vom 17. Jahrhundert bis zur Gegenwart” mavzusida Doctor of Philosopy ilmiy darajasini Germaniyaning nufuzli Lyudvig Maksimiliyans Myunxen universitetida (Lundwig-Maximilians-Universität München) himoya qilgan. Lyudvig Maksimiliyans Myunxen universitetida (Lundwig-Maximilians-Universität München)ning xalqaro reytinglardagi birinchi 300 ta o'rindan birini egallagan.
Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati "Nemis tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti v.b. Xadjiyeva Shoira Ganibayevnani xorijda olgan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi to'g'risidagi hujjatlar O'zbekiston Respublikasida fan doktori (DSc) sifatida to'g'ridan to'g'ri tan olganligi bilan tabriklaydi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
