Talabalarga ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo’lish, xalqaro va respublika miqiyosida bo’lib o’tadigan turli xil tanlovlar va fan olimpiadalarida ishtirok etish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi

Kuni kecha, 12-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutining yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig’i Sh.Suyunov, Axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Abduraimov hamda institut yoshlar yetakchisi B.Aliqulov Payariq Xorijiy tillar fakultetida bo’ldi.

Jarayon davomida fakultetda tahsil oluvchi talabalar bilan ochiq davra suhbati bo’lib o’tdi hamda talabalarning taklif va mulohazalari tinglandi. Davra suhbatidan so’ng talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar hayoti bilan yaqindan tanishib chiqildi.

Unda yotoq joylari, ovqatlanish va oshxonalar, dam olish, dars tayyorlash xonalari hamda kutubxonalarda yaratilgan imkoniyatlar o’rganib chiqildi, shuningdek, talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, ularga ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo’lish, xalqaro va respublika miqiyosida bo’lib o’tadigan turli xil tanlovlar va fan olimpiadalarida ishtirok etishi bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-10-13 13:26:06 229