Fransiyalik fransuz tili o'qituvchisi Messainguiral Genevieve xonim institutda faoliyat boshladi

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut xorijiy davlatlarning 100 ga yaqin nufuzli oliygohlari va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Fransiya ham shular jumlasidandir.

Shu bilan birga institutda ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida o'quv jarayoniga xorijlik malakali mutaxassislar muntazam jalb etilib kelinmoqda. Jumladan, fransiyalik fransuz tili o'qituvchisi Messainguiral Genevieve xonim Samarqand davlat chet tillar institutining fransuz tili va adabiyoti kafedrasida xorijlik malakali mutaxassis sifatida faoliyat boshladi.

Bugun, 14-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda fransiyalik fransuz tili o'qituvchisi Messainguiral Genevieve xonimlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv chog’ida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va rejalar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-10-14 19:16:01 248