Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
Shu munosabat bilan O'zbek tili bayrami kuni Samarqand davlat chet tillar institutida ham tantanali tarzda nishonlandi. Kunning birinchi qismida institutning Sharq tillari fakultetida 21-oktabr – O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut rektori Ilhomjon To'xtasinov kirish so'zi bilan ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.
Shundan so'ng fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan, shuningdek, ona tilimizni madh etuvchi milliy kuy-qo'shiqlar, she'rlar hamda badiiy sahna ko'rinishlari tomoshabinlar e'tiboriga havola etildi. Jumladan, jarayonda faol ishtirok etgan talabalar qimmatbaho sovg'alar hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.









SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
