Janubiy Koreyaning Jeju milliy universiteti bilan hamkorlik aloqalari kengaytiriladi

Jeju milliy universiteti prezidenti janob Kim Eel-hwan boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutida bo‘ldi.

Jarayon doirasida ta'lim sohasidagi mavjud hamkorlik ishlarini kengaytirish, jumladan, talabalar va o'qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar o‘rtasida "2+2" va "1+1" shaklidagi qo‘shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish, o'qituvchilar malakasini oshirish hamda ilmiy stajirovkalarini tashkil etish bo'yicha loyihalarni yo‘lga qo‘yish ham kun tartibidan o‘rin oldi.

Share:
2022-10-24 13:38:06 159