Uzluksiz ta’lim tizimini yaratishda Rossiya va O‘zbekiston tajribasi

Forumning dastlabki ishi mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari bilan Rossiya ishlab chiqarish sektorlari o‘rtasida integrasiyani yo‘lga qo‘yish doirasidagi muzokaralarga bag‘ishlanib, so‘ng shoʻbalarga bo‘lingan holda davom ettirildi. Ular:

👉 Rossiya-O‘zbekiston ta’lim sohasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari:muhandislik kadrlarni tayyorlash dasturi;

👉 Ta’lim – davlat va jamiyatning barqaror rivojlanishi omili sifatida;

👉 Uzluksiz ta’lim tizimini yaratishda Rossiya va O‘zbekiston tajribasi;

👉 Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash;

👉 Ilmiy va innovasion sohadagi hamkorlik istiqbollari.

Anjuman yakunida 100 ga yaqin hamkorlik shartnomalari imzolandi. Ularning aksariyati Rossiyada rivojlangan texnologik ishlab chiqarish sohalari tajribasini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tatbiq etishga qaratilgan.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-10-26 13:01:24 153