Ispaniyaning Kadis Universiteti bilan hamkorlikda turli xil loyihalar amalga oshiriladi

Bugun, 28-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Ispaniyaning Kadis Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida tomonlar o'rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, hamkorlikda ta'lim loyihalarini joriy etish va amalga oshirish, akademik almashinov hamda talabalar mobilligini yo'lga qo'yish borasida muzokaralar olib borildi, shuningdek, bu borada hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Uchrashuvdan so'ng institut talabalari tomonidan ispan tilida ispan va o'zbek milliy san'ati namoyish etildi. Jumladan, Ispaniyaning Kadis universiteti vakillari tomonidan Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari uchun Kadis universiteti to'g'risida taqdimot qilindi.

Share:
2022-10-29 09:12:15 186