Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel Samarqandga keldi

Samarqand xalqaro aeroportida yuksak martabali mehmonni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri V.Norov va Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovlar kutib olishdi. Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel Samarqand bilan tanishuvni Shohi Zinda yodgorlik majmuasidan boshladi.

Sharl Mishel majmuadagi har bir maqbara, obidalar tarixi, ularning sharqona arxitekturasi bilan qiziqdi. Mehmonga Samarqand davlat chet tillar instituti professori Kiselyov Dmitriy Anatolevich tarjimasi orqali fransuz hamda ingliz tillarida bu yerdagi tarixiy obidalarning yaratilishi, xalqimizning diniy e’tiqodi va qadriyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Share:
2022-10-29 09:22:27 257