SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI XALQARO EKSPERTLAR TOMONIDAN TASHQI BAHOLASHDAN O‘TKAZILMOQDA

Bugungi kunda ta’lim sifatini yanada oshirish va xalqaro doirada yurtimiz yoshlarining munosib o‘rnini belgilash, shuningdek, ta’limning barcha bosqichlarini tizimli yo‘lga qo‘yish borasida mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-son "DavIat oliy ta'lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yi17-apreldagi "Oliy ta'lim tizimida ilg'or xorijiy tajriba asosida ta'lim sifatini ichki va tashqi ta'minlash standartlarini tajriba-sinovdan o'tkazishni tashkil etish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq, ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig'ining 2022-yil 5-oktabrdagi 282-sonli buyrug'iga asosan joriy yilning 31-oktabr kunidan 5-noyabr kuniga qadar Samarqand davlat chet tillar institutini xorijiy tajriba asosida ta'lim sifatini ichki va tashqi ta'minlash standartlariga muvofiq tajriba-sinov tariqasida tashqi baholashdan o'tkazish belgilandi.

Jahon bankining “Oliy ta’limni modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash tizimini Yevropa ta’lim sifatini ta’minlash standartlari va yo‘riqnomalari (ESG) asosida takomillashtirish ishlarini amaliyotga joriy etish maqsadida ayni damda Samarqand davlat chet tillar institutida mazkur jarayon biriktirilgan ishchi guruh vakillari tomonidan barcha fakultet, kafedralar hamda bo’limlarning mas’ullari bilan birgalikda o’rganish va tahlil qilish ishlari olib borilmoqda.

Jarayon xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan ta’lim sifatini tashqi ta’minlash standartlari asosida Samarqand davlat chet tillar instituti tashqi baholash oliy ta’lim sohasining yuqori malakali mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhi tomonidan o‘tkazilmoqda. Birinchi kun kun tartibi asosida tashkil etilmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-11-01 18:47:02 173