Hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanadi

Xorijlik malakali mutaxassislarning sonini yanada oshirishda xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchixonasi hamda turli xalqaro ta'lim tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqalari davom ettirilmoqda. Xabaringiz bo’lganidek, ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida o'quv jarayoniga xorijlik malakali mutaxassislar muntazam jalb etilib kelinmoqda.

Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar institutiga Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti vakillari professor O.Proxorova hamda professor J.Baganalar mavjud hamkorlik aloqalarini yanada kengaytish maqsadida tashrif buyurushdi.

Tashrif chog‘ida ular institut faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Jumladan, Qo‘shma ta’lim dasturlari fakultetining filalogiya va tillarni o’qitish: rus tili ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar bilan davra suhbati va dars mashg’ulotlarini o’tkazishdi.

Uchrashuvda Belgorod davlat milliy tadqiqot universitetining tarixi tashkil etilish jarayonlari, o‘qitish tizimi, magistratura bosqichi hamda ilmiy tadqiqotlar uchun ham yetarlicha imkoniyatlar yaratilganligi, universitetning talabalar turar joyi kabilar to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-11-02 20:24:17 235