Bugun ijtimoiy tarmoqlarda sentabr oyida o’tkazilgan Shanxay Hamkorlik tashkilotining navbatdagi Sammiti doirasida xorijlik mehmonlarga tarjimon-volontyorlik qilgan Samarqand davlat chet tillar instituti talabalarga pul to’lab berilishi va’da qilingani va ularning pullari haligacha to’lab berilmagani to’g’risida xabarlar tarqaldi.
Ayni damda holat nazoratga olingan. Xabarning holis yoki noholisligi yuzasidan Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati o’rganish ishlarini olib bormoqda va bu borada tegishli mas’ullarga ko’rsatmalar berildi. Holat yuzasidan batafsil axborot beramiz.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
