Samarqand davlat chet tillar instituti 28 yoshda

Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut rektori Ilhomjon To’xtasinov kirish nutqi bilan ochib berdi va o’qituvchilarni hamda talaba-yoshlarni bayram munosabati bilan chin dildan muborakbod etdi.

Shuningdel, talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo’shiqlar, she’rlar va badiiy sahna ko’rinishlari tomoshabinlarga taqdim etildi. Bundan tashqari jarayon davomida institutning professor-o’qituvchilari  ham bayram munosabati bilan barchaga tabrik so’zlarini aytishdi. Tadbir so’ngida faol ishtirok etgan ishtirokchilar va faxriy ustozlar esdalik sovg’alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. 

Share:
2022-11-08 23:31:47 223