“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o’tkazildi

Samarqand davlat chet tillar instituti talabalarini turli yot g’oyalar ta’siridan himoya qilish, turli xil diniy oqimlarga aralashib hamda aldovlar qurboniga aylanib qolmasliklari borasida institutda qator ishlar qilinib kelinmoqda.

Jumladan, kuni kecha, 8-noyabr kuni Ingliz tili-II fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutorlar B.Nishonova, N.Mirzayeva, M.Mamadiyorovalar tashabbusi bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mitasi Samarqand viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Najmiddinova, institut Xotin-qizlar kengashi raisi X.Jabbarova hamda pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi M.Nurmatovalar ishtirok etishdi.

Jarayon davomida institutning ichki-tartib qoidalariga amal qilish, kiyinish madaniyatiga to’liq rioya etish, o’quv jarayonlarida hamda turli xil fan olimpiadalariga muntazam qatnashish kerakligi alohida ta’kidlandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-11-09 20:29:09 168